Mijoz uchun qo‘llanma

Buyurtma, to‘lov, yetkazib berish va qaytarish
Chop etish
7 / 8

Allergiya va shikoyat

Toshma, kuchli qizarish, shish yoki qichishish paydo bo‘lsa — darhol ishlatishni to‘xtating va yuzni toza suv bilan yuving. Nafas olish qiyinlashsa yoki yuz shishsa — darhol tez yordam chaqiring (103).

Nima qilish kerak

  1. To‘xtating. Mahsulotni ishlatishni darhol bas qiling.
  2. Yuving. Teri sirtini iliq suv bilan yuving. Sovun yoki boshqa kosmetika ishlatmang.
  3. Saqlang. Mahsulotni va qadog‘ini tashlamang — partiya raqami tekshirish uchun kerak.
  4. Xabar bering. Agentingizga o‘sha kuni ayting.
  5. Og‘ir bo‘lsa shifokorga boring va xulosani saqlang.

Nega xabar berish muhim

Har bir xabar qayd etiladi va partiya bo‘yicha tekshiriladi. Agar bir necha kishida bir xil holat bo‘lsa, butun partiya sotuvdan olinadi. Siz xabar bermasangiz — boshqalar ham shu muammoga duch keladi.

Allergiya bo‘lgan mahsulot ochilgan bo‘lsa ham qaytariladi va puli to‘liq qaytariladi.

Allergiyani qanday oldini olish mumkin

  • Yangi mahsulotni birinchi marta ishlatishdan oldin bilak ichiga ozgina surib 24 soat kuting
  • Qadoqdagi tarkibni o‘qing — ilgari allergiya bo‘lgan modda bormi, tekshiring
  • Bir vaqtda bir nechta yangi mahsulot boshlamang
  • Homiladorlik yoki surunkali teri kasalligi bo‘lsa avval shifokor bilan maslahatlashing

Boshqa turdagi shikoyatlar

Quyidagi hollarda ham murojaat qiling:

  • Qadoq shikastlangan yoki ochilgan holda yetib kelgan
  • Mahsulot buyurtma qilinganidan boshqa
  • Yaroqlilik muddati o‘tgan
  • Rangi, hidi yoki quyuqligi g‘alati
  • Agent qo‘pol muomala qilgan yoki noto‘g‘ri ma’lumot bergan
  • Sizdan ko‘rsatilgan narxdan ko‘proq pul so‘ralgan

Qayerga murojaat qilish kerak

  1. Avval agentingizga. Ko‘pchilik masala shu bosqichda hal bo‘ladi.
  2. Hal bo‘lmasa — to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaga. Aloqa ma’lumotlari Foydalanish shartlari sahifasida.

Murojaat qilganda nima aytish kerak

  • Buyurtma kodi
  • Mahsulot nomi va partiya raqami (qadoqda yozilgan)
  • Qachon va necha marta ishlatgansiz
  • Qanday alomat paydo bo‘ldi
  • Rasm bo‘lsa — yuboring
Shikoyatingiz qayd etiladi va javob beriladi. Jiddiy holatlar birinchi navbatda ko‘riladi.