Mijoz uchun qo‘llanma

Buyurtma, to‘lov, yetkazib berish va qaytarish
Chop etish
3 / 8

Yetkazib berish

To‘rtta usul bor. Qaysi biri sizga qulay bo‘lsa, buyurtma berishda shuni tanlaysiz.

UsulMuddatNarx
Olib ketish
agent bilan uchrashasiz
kelishilgan vaqtda bepul
Kuryer — Toshkent 1–2 kun 15 000
Kuryer — viloyat 2–4 kun 30 000
Pochta 3–7 kun 25 000
Mahalla nuqtasi
yaqin joydan olasiz
1–3 kun arzonroq
Buyurtma summasi 500 000 so‘mdan oshsa yetkazib berish bepul bo‘ladi.

Mahalla nuqtasi nima?

Bir mahalladan bir necha kishi buyurtma bergan bo‘lsa, kuryer har biriga alohida bormaydi — bitta manzilga keladi. Siz o‘sha yerdan olasiz. Yo‘l haqi bo‘linadi, shuning uchun arzonroq tushadi.

Kuryer kelganda

  1. Qutini kuryer oldida oching.
  2. Mahsulot to‘g‘ri kelganini tekshiring.
  3. Yaroqlilik muddatiga qarang.
  4. Qadoq buzilmaganini tekshiring.
  5. Hammasi joyida bo‘lsa — qabul qiling.

Nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa — qabul qilmang va darhol agentingizga qo‘ng‘iroq qiling.

Uyda bo‘lmasangiz

Buyurtma berishda qabul qiluvchi maydoniga boshqa odamning ismi va telefonini yozing. Kuryer unga topshiradi.

Kechikayotgan bo‘lsa

Avval kuzatish sahifasidan holatni tekshiring. «Yo‘lda» bo‘lsa — kuryer harakatda. Muddat o‘tib ketgan bo‘lsa agentingizga qo‘ng‘iroq qiling.