Mijoz uchun qo‘llanma

Buyurtma, to‘lov, yetkazib berish va qaytarish
Chop etish
6 / 8

Mahsulotdan to‘g‘ri foydalanish

Kosmetika qanday ishlatilganiga qarab natija beradi. Quyida eng ko‘p uchraydigan xatolar va to‘g‘ri tartib.

Umumiy qoidalar

  • Avval sinab ko‘ring. Yangi mahsulotni birinchi marta ishlatishdan oldin bilak ichiga ozgina surib, 24 soat kuting. Qizarish bo‘lmasa — yuzga ishlatish mumkin.
  • Ko‘p ishlatish yaxshi degani emas. Ko‘rsatilgan miqdordan ortiq surish natijani tezlashtirmaydi, aksincha teri ta’sirlanishi mumkin.
  • Sabr qiling. Teri yangilanishi 28 kun davom etadi. Natijani 3–4 haftadan oldin kutmang.
  • Bir vaqtda ko‘p yangi mahsulot boshlamang. Allergiya bo‘lsa qaysi biri sabab bo‘lganini bilolmaysiz.

Ertalabki tartib

  1. Tozalovchi gel — yuzni yuving
  2. Toner — paxtaga olib arting
  3. SPF krem — oxirgi qavat, uydan chiqishdan 15 daqiqa oldin

Kechki tartib

  1. Tozalovchi gel — kun davomidagi changni yuving
  2. Toner
  3. Namlantiruvchi yoki nuqtaviy mahsulot

Kechqurun SPF kerak emas — quyosh yo‘q.

Alohida mahsulotlar

SPF 50 kunduzgi krem

Ertalab, oxirgi qavat. Uyda o‘tirsangiz ham deraza oldida bo‘lsangiz kerak bo‘ladi. Ko‘p vaqt ko‘chada bo‘lsangiz har 3–4 soatda qayta suring.

Hammom skrabi

Haftada 1–2 marta, undan ko‘p emas. Nam teriga surib, aylanma harakat bilan massaj qiling va yuving. Teri qizargan yoki shikastlangan joyga ishlatmang.

Tana sutligi

Dushdan chiqib, badan hali nam turganda suring — shunda namlikni ushlab qoladi.

Oyoq kremi (urea)

Kechqurun yotishdan oldin qalin qilib suring va paypoq kiying. Ertalab yuving. 10 kunda farq seziladi.

Qo‘l kremi

Har qo‘l yuvgandan keyin oz miqdorda. Sumkada olib yuring.

Saqlash

  • Quyosh tushmaydigan, salqin joyda saqlang
  • Hammomda qoldirmang — nam va issiq tarkibni buzadi
  • Qopqog‘ini mahkam yoping
  • Ochilgandan keyingi muddat qadoqda ko‘rsatilgan
Rangi, hidi yoki quyuqligi o‘zgargan mahsulotni ishlatmang. Agentingizga xabar bering.