Mijoz uchun qo‘llanma

Buyurtma, to‘lov, yetkazib berish va qaytarish
Chop etish
2 / 8

To‘lov

To‘lov ikki xil bo‘lishi mumkin: kartaga o‘tkazish yoki qo‘lma-qo‘l naqd. Qaysi biri ekanini agentingiz aytadi.

Kartaga o‘tkazish

  1. Buyurtma rasmiylashgach ekranda karta raqami chiqadi.
  2. Summani shu kartaga o‘tkazing.
  3. Chek rasmini agentingizga yuboring.
  4. Pul tushgani tasdiqlanadi va buyurtma yig‘ishga ketadi.
Faqat saytda ko‘rsatilgan kartaga o‘tkazing. Kimdir sizga boshqa karta raqamini yuborsa — to‘lamang va darhol xabar bering. Karta egasining ismini ham tekshiring.

Naqd to‘lov

Agent bilan uchrashganda yoki kuryerdan olayotganda naqd to‘lash mumkin. Pulni berishdan oldin:

  • Qutini oching va mahsulot to‘g‘ri kelganini tekshiring
  • Yaroqlilik muddatiga qarang
  • Qadoq buzilmaganini tekshiring

Summada nima bor

  • Mahsulot narxi — saytda ko‘rsatilgan chakana narx.
  • Yetkazib berish — usulga qarab alohida qo‘shiladi.

Buyurtma summasi 500 000 so‘mdan oshsa yetkazib berish bepul.

Narx haqida

Chakana narx barcha agentlarda bir xil va saytdagi Mahsulotlar sahifasida ko‘rsatilgan. Agent undan qimmatga sotishi mumkin emas.

Agar sizdan ko‘rsatilgan narxdan ko‘proq so‘ralsa — to‘lamang va bizga xabar bering.

Chek va hujjat

Rasmiy chek kerak bo‘lsa agentingizga oldindan ayting. Buyurtma kodi ham to‘lov tasdig‘i sifatida ishlaydi.