Buyurtma qanday beriladi
Buyurtma berish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Ikki yo‘l bor: agent orqali yoki uning shaxsiy do‘koni sahifasidan o‘zingiz.
1-yo‘l: agent orqali
Sizga mahsulotni tavsiya qilgan odamga qaysi mahsulot kerakligini ayting. U buyurtmani rasmiylashtiradi va sizga buyurtma kodini beradi.
2-yo‘l: o‘zingiz
- Agent yuborgan havolani oching.
- Kerakli mahsulotni tanlang va sonini belgilang.
- Ism va telefon raqamingizni yozing.
- Yetkazib berish usulini tanlang va manzilni kiriting.
- Tasdiqlang — ekranda buyurtma kodi chiqadi.
Telefon raqamini to‘g‘ri yozing
Kuryer shu raqamga qo‘ng‘iroq qiladi. Raqam noto‘g‘ri bo‘lsa buyurtma yetib bormaydi va qaytib ketadi.
Shuningdek buyurtmani kuzatishda ham shu raqamning oxirgi 4 raqami so‘raladi — bu buyurtmangizni begonadan himoya qiladi.
Manzilni qanday yozish kerak
Eng muhim maydon — mo‘ljal. O‘zbekistonda ko‘cha raqami ko‘pincha yordam bermaydi. Shu kabi yozing:
«12-maktab ro‘parasi, ko‘k darvoza, non do‘koni yonidagi burilish»
Buyurtmani o‘zgartirish yoki bekor qilish
Buyurtma hali yo‘lga chiqmagan bo‘lsa — agentingizga ayting, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Hech qanday jarima yo‘q.
Yetkazilgandan keyin ham 14 kun ichida qaytarish mumkin — batafsil «Qaytarish» bo‘limida.